Marca talqiniga ko‘ra, “Atletiko” yarim himoyachisi Toma Lemar yakunlangan mavsum Ispaniya chempionatining eng omadsiz o‘yinchisi deb topildi.
Shuningdek, mavsumning eng omadsiz jamoasi nomi “Real”ga nasib etdi. “Qirollik klubi” La Liga jadvalida mavsumni 3-o‘rinda tugatib, musobaqa yetakchisi “Barselona”dan 18 ochko kam jamg‘ardi. Shu bilan birga madridliklar ketma-ket 2-mavsumda ham 1 va 2-o‘rinlarni egallay olmadi.
Lemar o‘tgan yozda “Monako”dan “Atletiko”ga 70 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Bu o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatidagi eng qimmat transfer bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, fransuz La Ligada joriy mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)