Bekobodda O‘zbekistonning Tog‘ va metallurgiya sanoati ishchilari kunida temirchi Shomahmudovga atalgan haykalning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, SFI Management Group kompaniyasining kuzatuv kengashi a’zosi Qobul Shodiyev Italiyaning Danieli kompaniyasi prezidenti Janpyetro Benedetti bilan suhbatlashganda urush paytida Rossiyadan evakuatsiya qilingan 15 nafar bola asrab olgan Shoahmad Shomahmudovni tilga olgan.
O‘zbek temirchisining bunday jasorati italiyalik biznesmenni hayajonga solgan va uni bronzada abadiylashtirishga qaror qilgan. Haykal Italiyada yaratilib, so‘ng Bekobodga olib kelingan va “O‘zmetkombinat”da o‘rnatilgan.
Benedetti ushbu haykalni tantanali marosimda yig‘ilganlarga shaxsan o‘zi topshirgan. Unda Shomahmudovning qiz‘i Xolida (Olga) ham ishtirok etgan.
Izoh (0)