Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (PF–5731, 28.05.2019-y.) kiritildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Unga muvofiq, endilikda gidlar (ekskursiya yetakchilari), kuzatib boruvchi-yo‘riqchilarning xizmatlari oliy yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim to‘g‘risidagi diplomi yoki gidlik yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash to‘g‘risidagi guvohnomasi bo‘lgan shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ilgari mazkur faoliyat faqat Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikatini olgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin edi.
Izoh (0)