Samarqandda M-37a yo‘lida Isuzu rusumidagi yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qiladi.
Bu yo‘l-transport hodisasi, bugun, 28-may kuni M-37a Samarqand shahar aylanma yo‘lida sodir bo‘lgan. Suratda davlat raqami 80 V 670 OA bo‘lgan Isuzu yuk mashinasining old salon qismi yukxonagacha kirib ketganligini ko‘rish mumkin. Yuk mashinasi ko‘tarma kran yordamida evakuator yuk mashinasiga ortib olib ketilgan.
Izoh (0)