Tailandning sobiq bosh vaziri, sobiq armiya rahbari va Tailand maxfiy kengashi rahbari Prem Tinsulanon 98 yoshida vafot etdi va bor boyligini kambag‘allarga meros qilib qoldirdi. Bu haqda “Korresponent.net” xabar berdi.
Tinsulanonning yordamchisi general Pxissan Pxuttxavongning so‘zlariga ko‘ra, marhum o‘z mablag‘larini kambag‘al qatlamlarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarga berishni xohlagan.
U beriladigan mablag‘ning aniq miqdorini oshkor qilishdan bosh tortgan, faqat millionlab dollar deb aytgan.
25-may kuni Tinsulanon yurak yetishmovchiligi tufayli Bangkokning Pramongkut kasalxonasida vafot etdi.
Iste’fodagi general qirol Maxa Vachiralongkorn (Rama X) va qirolicha Sutxidaning to‘y marosimiga raislik qilganidan uch hafta o‘tgach hamda o‘zining 98 yoshga to‘lgani munosabati bilan harbiy hukumat rahbarlariga audensiyani berganidan bir oy o‘tib vafot etdi.
Tailand qiroli general Sudxida Vachiralongkornga 1-may kuni uylangan edi.
Izoh (0)