Magnezit, kaolin, fritta, angob, pigmentlar kabi xomashyo bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etildi, bu haqda Spot ma’lumot beradi.
Prezident qaroriga binoan 13 ta xomashyo bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etildi.
2021-yil 1-yanvarga qadar olib kelinayotgan quyidagi xomashyo turlari bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etildi:
— pigmentlar (3207 10 000 0);— angob (3207 20 100 0);— fritta (3207 40 850 0);— siyoh, xat yozish va rasm chizish uchun tush (3215 90 000 0);— glazurlar (3207 40 850 0);— lenoleum ishlab chiqarish uchun PVX plyonka (3920 43 100 0);— magnezit (2519 10 000 0);— kaolin (2507 00 200 0);— oboy ishlab chiqarish uchun poligrafiya bo‘yog‘i (3215 19 000 0);— oboy ishlab chiqarish uchun vinilxlorid polimerlari (3904 22 000 0);— oboy ishlab chiqarish uchun qoplamasiz qog‘oz va karton (4802 40 100 0, 4802 56 200 0, 4810 29 300 0);— gipskarton listlarini ishlab chiqarish uchun o‘ramlardagi yoki listlardagi qog‘oz va karton (4805 92 000 0);— qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yog‘och sellyulozasi (4703 21 000 9, 4703 29 000 9).
Izoh (0)