• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarini ishga tushirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarini ishga tushirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Tadbirkorlikni rivojlantirish – mamlakat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishi etib belgilangan. Keyingi yillarda biznes muhitini yaxshilash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar qisqartirildi. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari tadbirkorlik istagidagilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Natijada yangi tashkil etilgan subyektlar soni 2,3 baravarga ko‘paygani buning tasdig‘idir.

    Biroq, joylarda byurokratiya, ta’magirlik va tadbirkor faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari hali ham uchrab turibdi. Misol uchun, joriy yilning birinchi choragida Prezident Xalq qabulxonalariga tadbirkorlardan 16 mingta murojaat tushgan. Ular asosan yer ajratish, gaz, elektr va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, kredit, soliq masalalariga taalluqli. Ikki mingga yaqin murojaatda mansabdorlarning xatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan.

    Bu muammolarni tizimli hal etish, tadbirkorlarga chinakam ko‘mak berish maqsadida joriy yil 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilishi belgilandi.

    Yig‘ilishda mazkur qabulxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

    Prezident Savdo-sanoat palatasi raisi va Adliya vaziri rahbarligida Respublika ishchi guruhi tuzib, joylarda tadbirkorlar bilan ochiq, amaliy uchrashuvlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Aniqlangan muammolarning hududga taalluqlisi viloyat hokimiga, respublika darajasidagisi esa Bosh vazirga berilishi, ular haftada bir kun qabulxona masalalari bilan shug‘ullanishi ko‘rsatib o‘tildi.

    Qayd etilganidek, qabulxonalar ishi uch bosqichda olib boriladi. Avvalo, qabulxonada tasdiqlangan kunlik jadval asosida hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, investitsiya boshqarmasi, prokuratura, adliya, soliq, qurilish, kadastr, bank va boshqa tashkilotlar vakillari tadbirkorlarni qabul qiladi.

    O‘z yechimini topmagan murojaatlar viloyat qabulxonalariga yuboriladi. Natija bo‘lmasa, Vazirlar Mahkamasining kotibiyatida Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va vakolatli idoralar ishtirokida ko‘riladi.

    Murojaatlar shunda ham o‘z yechimini topmasa, tadbirkorlarni Bosh vazirning shaxsan o‘zi qabul qiladi. Bosh vazir qabulxonasi murojaatlarni tahlil qilib, bu borada vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Prezident Administratsiyasi va Oliy Majlisga tadbirkorlarga sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi.

    Xorijiy investorlarga ko‘maklashish Bosh vazir qabulxonalarining asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi. Shu bois ularga xorijiy tillarni biladigan va investorlar bilan ishlash salohiyatiga ega kadrlar ishga olinadi. Investitsiyalarni jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni monitoring qilish, investorlarning turli idoralardagi muammosini hal qilib berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    Yig‘ilishda sektorlar va davlat idoralari rahbarlari tadbirkorlarga har tomonlama ko‘maklashishi, Xalq deputatlari kengashi majlislarida ularning bu boradagi faoliyati muhokama qilinishi zarurligi ta’kidlandi.

    Murojaatlarni ko‘rib chiqishda shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash masalasiga ham e’tibor qaratildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaatlar harakatini nazorat qilishning yagona elektron portalini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

    Yangi tizimning mazmuni va mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, jumladan, qabulxonalar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar so‘zga chiqdi.

    27.05.2019, 19:22   Izoh (0)   11086
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” tadbirlari o‘tkazilmoqda

    27.05.2019, 19:09

    Toshkentdagi umumiy ovqatlanish binosi auksionda 1,49 mlrd so‘mga sotildi

    27.05.2019, 18:47

    28-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

    27.05.2019, 18:04

    Samarqanddagi jamoat transportida Visa kartalari orqali yo‘lkira to‘lovlari ishga tushirildi

    27.05.2019, 17:51

    Samarqandda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sayyor qabul o‘tkazdi

    27.05.2019, 17:45

    Qahramon Quronboyev Yoshlar Ittifoqi rahbarligidan ketishi haqidagi xabarlar rad etildi

    27.05.2019, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14

    Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod g‘oyib bo‘ldi — WSJ

    Dunyo | 11 avgust, 16:00

    Amerikalik sharhlovchi Bahodir Jalolov kimga qarshi jang qilish kerakligini aytdi

    Sport | 11 avgust, 15:45

    Xitoyda ishsiz aholi ofislarga pul to‘lab, o‘zlarini ishlayotgandek tutmoqda

    Layfstayl | 11 avgust, 15:45

    IIB xodimi tomonidan kaltaklangani aytilgan ayol voqeasi o‘rganilmoqda — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 11 avgust, 15:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.