O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida FIFA kunlari doirasida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Kuper shogirdlari 2-iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11-iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan kuch sinashadi. Argentinalik mutaxassis mazkur o‘yinlar uchun terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboyev Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3-iyun kuni O‘zbekistonga yetib keladi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘radi.
Ro‘yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan:
Darvozabonlar:
- Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”)
- Javohir Ilyosov (“Lokomotiv”)
- Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
- Botirali Ergashev (“Dinamo”)
- Yegor Krimets (“Paxtakor”)
- Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
- Dostonbek Tursunov (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)
- Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
- Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
- Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”)
- Akromjon Komilov (“Paxtakor”)
- Davron Hoshimov (“Lokomotiv” )
- Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
- Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”)
- Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
- Fozil Musayev (“Jubilo Ivata” Yaponiya)
- Ikrom Aliboyev (“Seul”, Janubiy Koreya)
- Oston O‘runov (“Navbahor”)
- Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
- Doston Ibragimov (“Buxoro”)
- Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”)
- Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”)
- Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
- Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
- Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)