Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlashi kutilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning debyut jangi muddati ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi GoSport.
Manbaga ko‘ra, Bektemir joriy yilning iyun oyida professional boksdagi ilk jangini o‘tkazadi. Jang AQShda bo‘lib o‘tadi. Hozircha jangning aniq sanasi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Bektemir aprel oyidan buyon Amerikada “Mir boksa” promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)