Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida kattaligi yong‘oqdek keladigan do‘l yog‘di, deb xabar berdi “Nur.kz”.
Kuchli do‘l yaylovlarda o‘tlab yurgan chorva mollarining o‘limiga bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Hodisa 24-may kuni Ushtagan qishlog‘ida yuz berdi. Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, bir necha daqiqa ichida yer xuddi qor yog‘gani kabi do‘l qatlami bilan qoplangan.
Shuningdek, do‘l o‘simliklarga ham zarar yetkazgan.