23-may kuni Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida qatnashuvchi davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi shartnomasi bo‘yicha O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Majburiy ijro byurosi Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi shartnomaning sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar joylashgan joyini aniqlash qismi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur shartnoma 2010-yil 10-dekabrda Moskva shahrida imzolangan.
Izoh (0)