Vueling aviakompaniyasining samolyoti Barselona aeroportida bomba haqidagi yolg‘on tahdid sabab favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Samolyot Parij aeroporti Sharl de Golldan Ibitsaga (Balear orollari) uchayotgan edi. Xavf haqida Fransiya tomonidan ogohlantirilgan.
“Ispaniya Davlat xavfsizlik kuchlari Jozepa Traradelyasa—El-Prat aeroportida avariya holatida qo‘nish qilgan VLG 2847 samolyotida portlovchi qurilma borligini rad etdi”, — degan Ispaniyaning Aena hukumat kompaniyasi Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq esa Vueling kompaniyasi o‘zining Twitter sahifasida “Sharl de Goll aeroporti yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan portlash haqida ogohlantirgani”ni yozgan.
“Kapitan qoidaga ko‘ra Barselonada qo‘nishga majbur bo‘lgan. Ekipaj va yo‘lovchilar Barselonada xavfsiz holatda”, — deyiladi postda.
Izoh (0)