Niderlandiya Yevropa Ittifotidan chiqishga tayyor. “Vesti.ru”ning xabar berishicha, bu haqda Niderlandiya “Ozodlik partiyasi” yetakchisi, Niderlandiya parlamenti deputati Gert Vilders ma’lum qilgan.
Uning fikricha, Niderlandiyaning bundan keyin ham Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishi davlatni suverenitetdan butunlay mahrum qiladi.
Ma’lumot uchun, Vilders yetakchilik qilayotgan partiya 2017-yilgi parlament saylovlarida 13 foizdan ortiq ovoz olib, ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Izoh (0)