Checheniston xalq artisti San Jay “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida San Jay Jahongir Otajonov hamda Ravshan Nomozov bilan birgalikda Mashrab ijodiga murojaat qilgani va bu taklif o‘zidan chiqqanligi haqida gapirib berdi.

Foto: Instagram / @Sanjaymusicofficial

Jahongir Otajonovni nafaqat san’atkor, balki inson sifatida ham hurmat qilaman.  O‘rtamizda ikkiyuzlamachilik yo‘q. Tilimizda, dilimizda borini aytamiz. Instagram tarmog‘idagi sahifalarimizda birgalikda qo‘shiq kuylashimiz haqida video lavhalar joylagan edik. Ular bilan birgalikda kuylashimiz rejalashtirilgan qo‘shiq hali tayyor emas. Chunki ba’zi joylarini boshqattan aytish kerak. Sababi ushbu qo‘shiqni uch kishi aytmoqda. Mashrab g‘azali asosida tayyorlangan qo‘shiqni men, Jahongir Otajonov hamda  Ravshan Namozov birgalikda kuylashni rejalashtirdik. Taklif o‘zimdan bo‘lgani uchun barcha xarajatlarni o‘z bo‘ynimga olganman.

San Jay, Checheniston xalq artisti