Janubiy Afrikadagi sport musobaqasida hakam sifatida ishtirok etayotgan amerikalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvarseneggerga noma’lum shaxs hujum uyushtirgani haqida xabar berilgan edi.
“Vesti.ru”ning yozishicha, aktyor holat yuzasidan muxlislariga murojaat qildi va ulardan xavotirlanmasliklarini so‘radi.
Qayd etilishicha, hujum oqibatida aktyor jarohatlanmagan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu holatdan darg‘azab bo‘lib, yoshgina erkakning 70 yoshli taniqli aktyorni orqadan kelib tepganini keskin qoraladi.
Biroq aktyor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali barcha muxlislariga murojaat qilib, ulardan xavotir olmaslikni so‘radi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u holat haqida olomon ustiga yopirilib kelgan deb o‘ylagan. “Videoni ko‘rganimdan so‘nggina meni tepishganini tushundim, xuddi sizlar kabi. U ahmoq yaxshiyam to‘g‘ridan to‘g‘ri efirimni to‘xtata olmadi”, — deb yozadi aktyor Twitter’da.
Izoh (0)