Mazkur loyiha uchun 24 million AQSh dollarigacha xorij valyutasi yo‘naltiriladi. U Kanadaning Advanced Bio-Oil Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi, deb “Xalq so‘zi” xabar qiladi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Ma’lumki, yaqinda Navoiy viloyatida O‘zbekiston—AQSh—Kanada biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum yakuni bo‘yicha 10 ta bitim imzolandi. Shundan beshtasi savdo-iqtisodiy sohaga taalluqli va ularning umumiy qiymati 150 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Xususan, Navoiy viloyat hokimiyati Kanadaning Advanced Bio-Oil Technologies kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldi. Shu asosda bioyoqilg‘i olish uchun o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha klaster yaratiladi. Buning uchun 24 million dollargacha xorij sarmoyasi yo‘naltiriladi.