Makkaning eng baland nuqtasida soatli minora hamda o‘tmishdagi vaqt o‘lchov vositalariga bag‘ishlangan muzey ochildi, deb xabar berdi “Azon.uz”.
Muzey soatli minoraning o‘zida joylashgan bo‘lib, uning eng yuqori to‘rtta qavatini egallagan. Birinchi qavati ulkan soatlarga, ikkinchisi qumsoat va cho‘ntak soatlariga bag‘ishlangan. Uchinchi qavatda oy va quyosh, xususan, o‘tmishda musulmonlar qiblani va namoz vaqtini aniqlash uchun oy va quyosh orbitalarini qanday kuzatishgani haqida ma’lumot olish mumkin.
Bundan tashqari, quyosh tutilishi qanday yuz berishi va boshqa quyosh hodisalari bilan tanishish imkoniyati mavjud. To‘rtinchi qavatdagi balkondan Masjid ul-Harom va uning atrofini tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)