Kattaqo‘rg‘on shahrida yosh tadbirkor Jamol Ortiqov zamonaviy mehmonxona qurmoqda. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
U buning uchun “Yoshlar—kelajagimiz” davlat dasturi asosida 1 milliard 380 million so‘mlik imtiyozli kredit oldi. Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 975 million so‘mga teng.
Tadbirkor tez kunlarda mehmonxonani ishga tushirib, 20 kishini ish bilan ta‘minlamoqchi.
Izoh (0)