Britaniyaning What Car portali ekspertlari dunyodagi eng ishonchli ishlatilgan avtolar o‘nligini ma’lum qildi.

Foto: What Car

Ekspertlar 4 yildan 10 yilgacha foydalanishda bo‘lgan mashinalarga egalik qiluvchi 18 mingdan ortiq haydovchining fikrini o‘rgandi. Ular transport vositalarining ishonchliligiga baho berdi.

Natijada Toyota Yaris eng ishonchli ishlatilgan avtomobil deb topildi. Ikkinchi o‘ringa Lexus CT, uchinchi o‘ringa Audi Q3 loyiq ko‘rildi.

Eng ishonchli avtolar ro‘yxatiga, shuningdek, Mitsubishi ASX, Seat Leon, Lexus RX, Honda Civic, Honda CR-V, Honda Jazz va Volkswagen Touareg ham kirdi.