Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda Qo‘qonda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi O‘zA.
Dastlabki seriyali elektromobilni ishlab chiqarish 2023-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, loyiha qiymati 300 million dollarga baholangan.
Quvvati yiliga 10 ming dona elektromobil bo‘lgan zavod qurilishi 2021-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshgudek bo‘lsa, 1000 ta ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, Hyundai kompaniyasi Namangan viloyatida 1 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yuk avtomobillari, avtobuslar, shuningdek, maxsus transport vositalari yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi.
Izoh (0)