MDXMI bitiruvchilari V xalqaro forum doirasida “Strategik empatiya va xavfsizlik” mavzusiga bag‘ishlangan munozaralar ham juda qizg‘in o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
Sessiyani Forumning eng martabali mehmonlaridan biri, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha ochib berdi.
Aytish joiz, BMT, xususan, YUNESKO O‘zbekistonning betakror tarixiy va me’moriy yodgorliklariga alohida e’tibor qaratib kelgan. Qolaversa, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish 2018-yil Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgandan so‘ng Orolbo‘yi muammolarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish maqsadida Mo‘ynoqqa yo‘l olgandi.
M.Yenchaning ta’kidlashicha, aynan O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan Orol fojiasi masalasi xalqaro darajaga chiqdi. BMTning joriy yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan sammitida ushbu masala ko‘tariladi.
Strategik empatiya va xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Slovakiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lukash Parizek, Turkiya xalqaro munosabatlar va strategik tahlil markazi rahbari Sinan Ogan va boshqa ekspertlar ham o‘z mulohazalarini bildirdi.
Izoh (0)