Saudiya Arabistoni qiroli Salmon al-Saud arab davlatlari yetakchilarini favqulodda majlisga chaqirdi, deb xabar qilmoqda “RIA Novosti”.
“Ikki muqaddas dargoh asrovchisi (Saudiya podshohining rasmiy unvoni) o‘zining Arab davlatlari Ligasi hamda Fors ko‘rfazi hamkorlik Kengashidagi aka-ukalarini 30-iyun kuni Makkada ikki favqulodda sammit o‘tkazish uchun taklif qildi”, — deyilgan xabarda.
Ushbu chaqiriq, avvalambor, Arab davlatlari Ligasi va Fors ko‘rfazi hamkorlik Kengashi davlatlari rahbarlariga qaratilgan, lekin aynan shu kunlarda Makkada Islom hamkorligi Tashkiloti a’zolari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr aytishiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni urush bo‘lishini istamaydi, lekin ikkinchi tomon urushni tanlasa, “bor kuch va g‘ayrati bilan javob beradi”.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Fors ko‘rfazida noma’lum shaxslar tomonidan Saudiya Arabistoniga tegishli bo‘lgan tankerlar va neft quvurlariga qarshi hujum uyushtirilgan edi. AQSh maxsus xizmatlari xabariga ko‘ra, ushbu hujumlar Tehronga xayrixoh bo‘lgan kuchlar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)