16–17-may kunlari yoqqan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Samarqand viloyatining tog‘li hududi hisoblangan Urgut tumanidagi ayrim qishloqlarga sel kelgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Tabiiy ofat natijasida tog‘dan kelgan suv tumanning Sanchiqul va Xo‘jaydud qishlog‘i yo‘llarini yuvib ketgan.
Hozircha talafotlar va jabrlanuvchilar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 16-may kuni Samarqand tumanining Ohaliq qishlog‘ida kuchli do‘l yog‘gandi.
Izoh (0)