Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim inspektori D.A.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.
“T.Q.S” korxonasi rahbari T.M. o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan korxonaning 353,6 million so‘mlik va o‘g‘li E.M.ga tegishli “D.Q.S” kompaniyasi faoliyatida yo‘l qo‘yilgan 560,6 million so‘mlik juda ko‘p miqdordagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlanganligi holati bo‘yicha ularga chora ko‘rmaslik va yengillik berish evaziga D.A.ning xizmat xonasida, unga 2000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan “T.Q.S” korxonasi rahbari T.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)