Qirg‘iziston sobiq prezidentlari daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “QR prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritishni imzoladi. Ushbu qonun bilan endilikda Qirg‘izistonda sobiq prezidentlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Mazkur qonun Jogorku Kenesh tomonidan joriy yilning 4-aprel kuni qabul qilingan edi.
Qonun tashabbuskorlari — Jogorku Keneshning deputatlari Kurmankul Zulushev va Isxak Masaliyev.
Qonun bilan sobiq davlat rahbari prezidentlik vakolati yakunlanganidan so‘ng yoki lavozimidan chetlashtirilganda ayrim holatlarda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shuningdek, yangi qonunga muvofiq sobiq prezidentlarga siyosiy lavozimlarni egallash taqiqlanadi.
Izoh (0)