Davlat soliq qo‘mitasida Koreya milliy soliq xizmati rahbari Xan Sun Xi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan turli sohalarda, shu jumladan, ta’lim va mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida Davlat soliq qo‘mitasi va Janubiy Koreya milliy soliq xizmati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Izoh (0)