“Daryo” kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiy Germaniyaga uyushtirgan safari chog‘ida ko‘rgan bir diqqatga sazovor obida haqida fikr yuritadi.
Germaniyada ko‘rilgan eng g‘ayrioddiy hodisalardan biri yopiq ko‘mir shaxtalarini hayratlanarli o‘zgarishidir. Qachondir mashhur, Germaniya sanoat rivojlanishi asosi bo‘lgan va Rur ko‘mir havzasi tarkibiga kirgan Solferayn koni haqida ma’lumot bersak.
1840-yilda ushbu joyda ilk bor ko‘mir topilgan, 1960-yilga kelib shu hududning 240 ming gektarida 146 ta kon ishlagan. 1986-yilga kelib ko‘mirni ishlatishni to‘xtatish haqidagi siyosiy qarordan so‘ng shunga mos tarzda shahtalar ham yopilgan. Shunga o‘xshash jarayonlar Rossiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda ham yuz bergan.
Yopilishdan so‘ng asosiy bitta muammo sobiq konchilarni ish bilan taminlash edi. Shu maqsadda maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, buning yordamida konchilar mutaxassislik oladi va davlat yordami bilan boshqa ish topadi.
Qazilgan ko‘mir hajmi (1–1,5 kilometrlik ulkan chuqurlikdan) atrofdagi hududning umumiy tuprog‘ini 24 metriga qazilganiga teng miqdorda edi.
Endi asosiy gapga kelsak. Solferayn konini madaniy obidaga aylantirishga qaror qilishdi. Va buning uddasidan chiqishdi!
Zamonaviy eskalator 20 qavatli uy balandligida ko‘mirni qazib olgan chuqurlikdan yuzaga ko‘tariladi. Eski mexanizmlarga qo‘shni qilib o‘rnatilgan katta sezuvchan kompyuter ekrani joylashgan zalga, o‘ziga butkul rom qiladigan dunyoga birdan tushib qolamiz. Eski yotqizilgan quvurlar orasida zamonaviy installyatsiyalar, zanglagan fermalar orasida esa zamonaviy zallar paydo bo‘ladi.
Puxta rejani, tajriba inobatga olinganini va eskilikka nisbatan hurmatni sezish mumkin. Dizaynerlarning mehnatlari zoye ketmagan. Kon rivojlanish tarixini ko‘rsatuvchi muzey bo‘lishi bilan birga ulkan madaniy obidaga ham aylandi. Juda ko‘p zallarda spektakllar, ko‘rgazmalar, konsertlar o‘tkaziladi. Bu yerda yana to‘ylar, yubileylar o‘tkazish mumkin; butun Germaniyadan studentlar va bazmlar o‘tkazishni xohlovchi yoshlar tashrif buyuradi. Bir-biriga yondosh bir necha ekskursiyachi bor — konda 140 ta ekskursiyachi ishlaydi.
Bu yerga tashrif buyuruvchilarni 400 mingga yaqin Rur eksponatlari, zamonaviy san’at galereyasi, ko‘rgazma maydonlari, zavodning sobiq binosida konsert zali, Solferayn dizayn maktabi, koks sexi o‘rnida muzda uchish maydoni va yozda ochiladigan hovuz kutadi.
2001-yilda YuNESKO Solferayn konini sanoat me’morchiligining yorqin namunasi, tarixga ulkan hurmat majmuasi sifatida Jahon madaniy merosi obidasi deb tan oldi, konga ikkinchi hayot baxsh etilgani e’tirof etdi. Bir yilda 1,5 million kishi tashrif buyuradi va bu O‘zbekistonga jami bir yilda tashrif buyuradigan turistlar soni bilan deyarli bir xildir.
Mazkur kon Uzbumning bo‘shab qolgan binolarini, tashlandiq TAIChB sexlarini, kabel va boshqa zavodlarini nima qilishni o‘ylayotgan Toshkent uchun ham ajoyib o‘rnak bo‘la oladi. Ozgina entuziazmni yoqib fantaziya qilinsa, butun dunyodan turistlar oqimiga erishish mumkin. Rahbarlar irodasi bo‘lsa bas, qolganini biznesmenlar o‘z investitsiyalari bilan, rassomlar, dizaynerlar, shoir va aktyorlar ijodi bilan tortib ketadi.
Germaniyadagi stadi-tur #UzWaterAware loyihasi zamirida, Yevropa uyushmasi tomonidan moliyalashtirilib, Markaziy Osiyo hududiy ekologiya markazi tomonidan o‘tkazildi. UzWaterAware’ning milliy hamkori — O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligidir.
Izoh (0)