O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2019-yil 12-may kuni O‘mon ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoralashini ma’lum qildi.
Bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi. Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarning oldini olish mas’uliaytini o‘z zimmasiga olishga chaqiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni ta’minlash va o‘z milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etadi.
Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra portida neft tankerlarini qamrab olgan yong‘indan so‘ng bir necha kuchli portlash ro‘y bergan edi. Guvohlar port hududida osmonda AQSH va Fransiya harbiy samolyotlari aylanib yurganini ko‘rgan.
Izoh (0)