UEFA Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ligasi finaliga hakamlar brigadasini tayinladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilindi.
“Chelsi”—“Arsenal” uchrashuvini Janluka Rokki boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Filippo Meli va Lorenso Manganelli yordam beradi. Daniele Orsato to‘rtinchi hakam vazifasini bajaradi.
Ikki nafar italiyalik Massimiliano Irrati va Marko Guida, bundan tashqari polshalik Shimon Marchinyak hamda Sokolnitski (u ofsaydlarga javob beradi) videoassistent sifatida ishlaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)