Shimoliy Makedoniyaning yangi saylangan prezidenti Stevo Pendarovski 12-may, yakshanba kuni lavozimiga kirishishidan avval qasamyod qabul qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Inauguratsiya mamlakat parlamenti binosida bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda deputatlar, hukumat a’zolari hamda Bolgariya, Serbiya, Albaniya, Kosovo prezidentlari qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, hukmron Sotsial-demokratik ittifoq vakili Stevo Pendarovski prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 52 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqan edi.
Izoh (0)