Turkiya markazidagi kafelardan birida otishma yuz berdi, oqibatda kamida 10 kishi jabrlandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, kafeda ikki kishi bahslashib qolgan, janjal tez orada mushtlashuvga aylanib ketgan. So‘ng ulardan biri qo‘liga qurol olib, bino ichida tartibsiz o‘q uzishni boshlagan.
Yaralangan odamlar kasalxonaga yetkazilgan. Huquq-tartibot organlari esa voqea joyidan qochib qolgan gumonlanuvchilarni qidirmoqda.
Izoh (0)