Kuba ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, tuxum, guruch, sosiskani nazoratga oladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Cheklangan miqdordagi oziq-ovqatni ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish mahsulotni barchaga adolatli taqsimlanishiga imkon yaratadi. Bunday mahsulotlarning sirasiga guruch, dukkakli mahsulotlar, o‘simlik moyi, tovuq, tuxum hamda sosiska kiradi”, — deydi ichki savdo vaziri Betsi Dias.
Asosan import mahsuloti hisoblanadigan tovuq kishi boshiga 5 kilogrammdan oshmaydi.
Bundan tashqari, bir qator gigiena vositalari, shu jumladan, sovun, tish pastasi va yuvish vositalariga ham cheklovlar qo‘yiladi.
Hukumat vakillar bu qarorni g‘arb mamlakatlari bilan munosabatlarga kiritilgan iqtisodiy cheklovlar bilan izohlamoqda.
Izoh (0)