AQSh prezidenti Donald Tramp Politico nashriga bergan intervyusida yaqinda KXDR tomonidan raketalar uchirilganiga munosabat bildirdi. Bu haqda “RIA Novositi” xabar berdi.
“Ular yaqinga uchuvchi raketalar, men buni ishonchni suiiste’mol qilish deb baholamayman”, — degan u va ayrim masalalar bo‘yicha Shimoliy Koreya harakatlarini ishonchni suiiste’mol qilish deb baholashi mumkinligi, lekin bu hol bundan mustasno ekanligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Shimoliy Koreya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi KXDR tomonidan 9-may kuni ikkita reaktiv snaryad sinovdan o‘tkazgani, ular 420 va 270 kilometr masofa bosib o‘tganini ma’lum qilgan. Raketalar Sino-Ri tumanidagi bazadan uchirilgan. Snaryadlar Shimoliy Koreya hududidan uchib o‘tib, Yapon dengiziga qulagan.
Koreya markaziy telegraf agentligi uchirilgan raketa fotosuratlarini e’lon qilgan. Shuningdek, KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat mudofaa qudratining tezda javob berish qobiliyatini baholash uchun uzoq masofaga uchuvchi qurollardan foydalangan holda harbiy mashqlar o‘tkazishni boshlash haqida shaxsan buyruq chiqargan.
Izoh (0)