Filippindan qaytib kelgan norvegiyalik sayyoh Birgita Kallestad itning bolasi tishlaganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qiladi.
Ta’kidlanishicha, ta’tilda bo‘lgan 24 yoshli qiz vaqtincha uysiz kuchukchaga boshpana bergan. Uyga qaytgach esa, u o‘zini yomon his qila boshlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hayvon uni tishlab olgan va quturish kasalligini yuqtirgan, natijada qiz ikki oy o‘tgach vafot etgan.
Izoh (0)