“Barselona” hujumchisi Luis Suares jarohati sabab operatsiya qilindi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Urugvaylik o‘ng tizzasidan olgan jarohati tufayli artroskopiyadan o‘tishga majbur bo‘ldi.
Suares endi faqatgina 4-6 haftada safga qaytishi mumkin. Shunday qilib, u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
32 yoshli hujumchi Amerika Kubogining dastlabki uchrashuvlarida ham o‘z terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqaga 14-iyun kuni start beriladi. Urugvay terma jamoasi 16-iyun kuni guruh bosqichidagi ilk o‘yinini Ekvadorga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Luis Suares joriy mavsum La Liga doirasida 33 ta bahsda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)