“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ quyuv-mexanika zavodida yuzaga kelgan yong‘in haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
“Bugun bir qancha OAVlar Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib, quyuv-mexanika zavodida sisternadan mazut yoqilg‘isi to‘kilishi oqibatida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar berdi. Shuni ma’lum qilamizki, ushbu hodisa ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ obyektiga ta’sir qilmagan. Yong‘in zavod yonida joylashgan sanoat obyektlaridan birida sodir bo‘lgan”, – deydi Temir yo‘l kompaniyasi vakili.
Avvalroq, Bektemir tumanidagi quyuv-mexanika zavodida yong‘in sisternadan mazut yoqilg‘isi to‘kilishi oqibatida kelib chiqqani haqida xabar bergan edik.
Izoh (0)