Bektemir tumanining Husayn Boyqaro ko‘chasida joylashgan quyuv-mexanika zavodi hududida 10-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in haqidagi murojaat soat 13:25 kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in sisternadan mazut yoqilg‘isi to‘kilishi oqibatida kelib chiqqan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlangalar yo‘q. Yong‘in sababi va keltirgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)