Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan VazClub bilan hamkorlikda Namangan shahri bo‘ylab #xotira_uz aksiyasi o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga kengash matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aksiya doirasida urush faxriylari, yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi va sovg‘alar tarqatildi.
— Jami 30 dan ortiq “Jiguli” avtomobillaridan iborat avtokarvon shaharning Amir Temur, Haqiqat, Obi hayot, Yangi tong mahallalari bo‘ylab harakatlandi, — deydi klub ko‘ngilli yoshlar rahbari Ulug‘bek Turg‘unov. — Bunday tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
Aksiya davomida “Sharaf lentalari” ulashildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Voditeli Namangana” o‘tkazgan shunday aksiya haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)