Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning aprel oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Mazkur reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) o‘z vaznida rasman birinchi raqamli da’vogar nomini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo 30-mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (20-4-1, 18 KO) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi.
Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) mazkur yo‘nalish reytingida mart oyidagi mavqeini saqlab qolgan holda 7-o‘rinda bormoqda.
IBF reytingidan o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olmagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)