Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining eng chiroyli goli nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UEFA tashkiloti o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qildi.
Mazkur nomga “Liverpul” hujumchisi Divok Origi, “Barselona” sardori Lionel Messi, “Ayaks” yarim himoyachisi Hakim Ziyosh hamda “Tottenhem” a’zosi Lukas Moura da’vogarlik qilmoqda.
G‘olib UEFAning rasmiy saytida muxlislarning ovoz berishi orqali aniqlanadi.
Esltib o‘tamiz, avvalroq musobaqada haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)