Bugun, 9-may kuni Toshkent shahrida mashhur o‘zbek generali Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti shaxsiy tarkibi, keng jaomatchilik va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Ikkinchi jahon urushida shon-sharafga chulg‘angan, o‘ndan ortiq jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan o‘zbek o‘g‘loni, qahramon general Sobir Rahimovning ko‘rsatgan jasorati va mardligi tadbir ishtirokchilari qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirdi.
Izoh (0)