7-may, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining javob o‘yinida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi “Enfild” stadionida Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” jamoasi bilan bahsga kirishadi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar yarim finalning ilk o‘yinida mersisaydliklarni o‘z maydonida 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Qayd etish joiz, mazkur uchrashuvda “Liverpul”ning ikki nafar asosiy tarkib o‘yinchisi Muhammad Saloh hamda Roberto Firmino maydonga tusha olmaydi.
YChL
1/2 final bahsi
7-may, seshanba
“Liverpul”—“Barselona” 00:00 (0:3)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)