Ertaga, 7-may kuni Humo arena muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan vatanparvarlik festivali tashkil etiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiridan harbiy orkestr va san’atkorlarning vatanparvarlik ruhidagi kuy va qo‘shiqlaridan iborat konsert dasturi, harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, yurt himoyachilarining qo‘l jangi va saf elementlari bilan chiqishlari o‘rin olgan.
Festivalda barcha o‘zbekistonliklar va mamlakat mehmonlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Tadbir ertalab soat 9:00 dan boshlanib, kechki 19:00 gacha davom etadi.
Izoh (0)