Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi 1-maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Norqo‘zi Norboyevning ikki farzandi suvda cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda “Human.uz” ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Javohir va Shohjahon Jo‘raqulovlar o‘rtoqlari bilan uylari atrofidagi daraxtzor ichidagi hovuzga borgan va unga cho‘kib ketgan.
Mahalliy aholining aytishicha, ushbu hovuzda hamisha bir-bir yarim metr atrofida suv bo‘lgan. Shu vaqtga qadar hech kim cho‘kmagan yoki talofat ko‘rmagan. Joriy yil seryomg‘ir bo‘lgani bois unda suv ko‘paygan va tagi botqoq bo‘lib qolgan.
Izoh (0)