Professional boksda faoliyatini boshlayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi vakili Alik Frolovga asoslanib, GoSport xabar berdi.
Frolovning ma’lum qilishicha, Bektemir ayni vaqtda murabbiylar Joel Dias va Antonio Dias qo‘lida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bektemirning zarbasi kuchli ekani hisobga olinib, unga “bezori” (Bully) deya laqab berishgan. Meliqo‘ziyev professional ringda faoliyat boshlagach, aynan shunday laqab ostida ringga chiqishi kutilmoqda.
Hozircha Bektemir Meliqo‘ziyevning debyut jangi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi vakillari sanalgan Shahram G‘iyosov Wonder boy (“mo‘jizakor bola”), Murodjon Ahmadaliyev ismi qisqartmasi — MJ, Isroil Madrimov esa The Dream (orzu) taxallusini olgan.
So‘nggi jangidagi g‘alabadan so‘ng Madrimovni mashhur promouter Eddi Hirn The Monster deb atagandi. AQShda faoliyat olib borayotgan yana bir bokschi Bahodir Jalolovni esa Big Uzbek laqabi bilan chaqirishadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)