O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Tula viloyatida pichoqlangan o‘zbekistonlik kassir ayol haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, tergov organlari tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining qotillik to‘g‘risidagi moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 34 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 28-aprel kuni Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi “Pyatyorochka” supermarketida rossiyalik 34 yoshli Andrey.K. 33 yoshli Umida ismli kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazgan. Ayol kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)