Hindiston armiyasi Himolay tog‘larida yeti — qor odamning izlari topilgani haqida bergan ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar qiladi.
Ko‘pchilik olimlar yeti mavjudligiga shubha bilan qaraydi.
Shu yilning 9-aprelida alpinistlar Makalu lageri oldida 32x15 dyuymli oyoq izlarini topgan.
“Bu tutib bo‘lmaydigan qor odamni birinchi marta Makalu-Barun milliy bog‘ida ko‘rishgan”, — deb yozgan harbiylar Twitter’da.
Xabarga ilova qilingan fotosuratlarda qor ustida ulkan oyoqning izini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)