28-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 34-turi doirasida 4 ta o‘yin yakunlandi.
33-turda “Parma” bilan durang natija qayd etgan (1:1) “Milan” jamoasi “Torino” maydoniga safar qildi.
Uchrashuv davomida turinliklar hujumchilari Andrea Belotti (58, penalti) hamda Aleks Berenger (69) kiritgan gollar “Torino” klubiga “Milan” ustidan ishonchli g‘alabani taqdim etdi (2:0).
Qayd etish joiz, bellashuvning 81-daqiqasida “rossonerilar” himoyachisi Alessio Romanyoli qizil karkochka bilan jazolandi va maydonni erta tark etdi.
Ma’lumot uchun, milanliklar 56 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda, Turin klubi esa 53 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.
A Seriya
34-tur bahslari
28-aprel, yakshanba
SPAL—“Jenoa” 1:1
1:0 — 36 Felipe, 1:1 — 57 Lapadula“Kyevo”—“Parma” 1:1
Gollar: 0:1 — 38 Kuchka, 1:1 — 66 Mejiorini“Sampdoriya”—“Latsio” 1:2
Gollar: 0:1 — 3 Kaysedo, 0:2 — 19 Kaysedo, 1:2 — 57 Kvalyarella“Torino”—“Milan” 2:0
Gollar: 1:0 — 58, penalti, Belotti, 2:0 — 69 BerengerYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)