27-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamaosi mehmonda “So‘g‘diyona”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvda “sherlar” a’zolari Dragan Cheran (72) hamda Jaloliddin Masharipov (82, penalti) kiritgan gollarga mezbon jamoa yarim himoyachi Nikola Milinkovichning 88-daqiqada penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi (2:1). Shu tariqa toshkentliklar safarda kechgan bahsda “So‘g‘diyona”ni bazo‘r yutdi (2:1).
Ta’kidlash joiz, bellashuvning 58-daqiqasida Jizzax klubi a’zosi Shohruz Norxonov 2-sariq kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi va jamoa o‘yin so‘nggiga qadar maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 16 taga yetkazib, musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. “So‘g‘diyona” hisobida esa 6 ochko mavjud va klub 10-pog‘onada bormoqda.
Superliga
6-tur bahslari
27-aprel, shanba
“So‘g‘diyona”—“Paxtakor” 1:2
Gol: 0:1 — 72 Dragan Cheran, 0:2 — 82, penalti, Jaloliddin Masharipov, 1:2 — 88, penalti, Nikola Milinkovich“So‘g‘diyona”: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Oripov, Kaxi Maxaradze (Davron Umirov, 59), Sanjar Rashidov (Sahob Rashidov, 85), Shohruz Norxonov, Jamshid Boltaboyev, Daniel Nasriddinov (Oybek Nurmatov, 61), Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov
“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimets, Sherzod A’zamov, Xojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Igor Sergeyev, 87), Dostonbek Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev, 85), Marat Bikmayev
Ogohlantirishlar: Daniel Nasriddinov (12), Shohruz Norxonov (54, 58), Elyor Oripov (60)
Chetlatish: Shohruz Norxonov (58)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)