Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimi Vohid Rahimov boshchiligidagi 4-sektor rahbari Toshkentda tahsil olayotgan paxtachilik yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda Zarnews xabar beradi.
“Tumanda barcha sohalarda oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj bor. Jumladan, sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga juda muhtojmiz. Ellikka yaqin shifokor o‘rni vakant bo‘lib turibdi. Poytaxtda tahsil olayotgan barcha paxtachilik yoshlarni o‘zi o‘qigan soha bo‘yicha ishga taklif qilamiz. Ularga barcha sharoitni yaratib beramiz”, – dedi Paxtachi tumani hokimi Vohid Rahimov.
Uchrashuvda tumanda Prezidentning 5 tashabbusi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Yoshlardan turli sohalardagi ishlarni yanada jadallashtirish uchun takliflar so‘raldi.
“Men ayni paytda bank tizimida faoliyat olib boryapman. O‘z ishimni puxta o‘rganib, keyingi faoliyatimini Paxtachi tumanida davom ettirmoqchiman. Hokimimiz bizga ishonch bildirib, o‘z tumanimizda ishlashni taklif qildi. Bu ishonchini oqlashimiz kerak”, – deydi Toshkent moliya instituti 4-kurs talabasi Alisher Allayorov.
Izoh (0)